Muammoni bilmay turib, uni hal qilib bo'lmaydi
Sotuvchi noto'g'ri gapirganda mijoz ketadi. Lekin siz buni bilmaysiz — chunki 100 ta qo'ng'iroqni tinglashga vaqtingiz yo'q.
Rahbar har bir qo'ng'iroqni tinglab o'tira olmaydi. Natijada xatolar takrorlanadi, sotuvlar pasayadi, mijozlar ketadi.
Eng ko'p sotayotgan xodim nimani boshqacha qiladi? Bu ma'lumot boshqalarga o'tmaydi va jamoa o'smaydi.
Mijozlar nima sababdan rad etayotganini bilmasangiz, sotuvni yaxshilab bo'lmaydi. Muhim ma'lumotlar shunchaki yo'qoladi.
Uch oddiy qadam bilan jamoangizni nazorat qiling
CRM yoki IP-telefoniyangizni API orqali ulang. Qo'ng'iroq avtomatik keladi.
Sun'iy intellekt har bir qo'ng'iroqni chuqur tahlil qiladi va 0-100 gacha baholaydi.
Dashboardda xodimlar reytingi, xatolar, maslahatlar va sotuvlar statistikasini ko'ring.
Har bir qo'ng'iroqdan olinadigan chuqur tahlillar
Har bir qo'ng'iroq 0-100 ball orasida baholanadi. Skript, ishontirish, yopish va boshqa mezonlar bo'yicha.
Salomlashuv, ehtiyoj aniqlash, qiymat taqdimoti, narx strategiyasi va yakuniy CTA — barchasi tekshiriladi.
Suhbat boshidan oxirigacha mijozning kayfiyat o'zgarishini kuzatadi: ijobiy, neytral yoki salbiy.
Har bir xodimga xatolarini aniq ko'rsatib beradi va qanday tuzatishni o'rgatadi. Yaxshi tomonlarini ham aytadi.
Lead manbasi, mijoz qiziqish darajasi, so'ralgan parametrlar va rad etish sabablari — hammasi avtomatik.
Sotuvchining ishontirish kuchi, ishonch yaratish, yashirin e'tirozlar va suhbat nazorati tahlil qilinadi.
Bitta qo'ng'iroqdan olinadigan natijalar
"Mijoz ehtiyojini so'ramasdan to'g'ridan-to'g'ri narxni aytdi" → "Avval 2-3 ta ochiq savol bering"
"Salomlashuvda professional va samimiy edi. Mijoz ismini 3 marta takrorladi."
"Yopish CTA'sida: 'Keling hoziroq band qilib qo'yamiz' deb o'rinli taklif yaratildi."
myROP quyidagi sohalarga mos keladi
Operatorlar sifatini real vaqtda nazorat qiling. Skriptga rioya qilishni tekshiring.
Har bir sotuvchini AI baholaydi. Eng yaxshi va eng yomon xodimlarni aniqlaysiz. Sotuvlar o'sadi.
Jamoangiz qanday ishlayotganini bilib oling. Vaqt sarflamasdan, AI hisobotlarini ko'ring.
myROP bilan bugundan boshlab sotuvchilaringiz xatolarini aniqlang. Bepul sinab ko'ring.
+998 88 878 80 77